Hindiston harbiy-havo kuchlarining Mi-17 harbiy vertolyoti mamlakat shimoli-sharqida halokatga uchradi. Halokat oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Vertolyot bugun, 6-oktabr kuni Arunachal-Pradesh shtatidagi Tavang shahri yaqinida halokatga uchragan. Vertolyot bortidagi yetti kishining barchasi halok bo‘lgan.
Halokat tafsilotlarini o‘rganish uchun maxsus komissiya tashkil etiladi.
Izoh (0)