Meksika poytaxtida zilziladan so‘ng 1000 ga yaqin bino buzib tashlanadi
Mexiko rasmiylari sentyabrdagi zilzilalar yetkazgan shikast tufayli Meksika poytaxtida 1000 tagacha bino buzib tashlashi mumkin. Bu haqda shahar meri Anxel Mansera ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Biz konservatsiya qilib qo‘ygan binolar soni 800 dan 1000 tagachani tashkil etadi”, — dedi Mansera.
Binolarning 94 foizi tekshirilganidan so‘ng shikastlangan imoratlar soni 8,4 mingtani tashkil etdi, biroq bu raqamlar yakuniy emas. Ulardan 4,7 mingdan ortig‘iga kichik, 1,4 mingdan oshig‘iga esa o‘rta darajada zarar yetgan.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar