Suriya hukumat kuchlari Dayr az-Zordan 45 kilometr sharqda joylashgan Mayadin shahriga yaqinlashdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
SANA agentligiga ko‘ra, armiyaning peshqadam otryadlari IShID jangarilari bilan Mayadindan 5 kilometr berida janglar olib bormoqda.
Jangchilar to‘qnashuvlar davomida bir necha qurol-yarog‘ ombori va IShID aloqa tarmog‘ini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘ldi.
IShID mobil otryadlari mazkur aholi punktidan turib Dayr az-Zor yaqinida va Palmira — Dayr az-Zor trassasida hukumat kuchlariga qarshi hujum qilishga urinmoqda. Ushbu trassa viloyat ma’muriy markazi uchun asosiy ta’minot yo‘li hisoblanadi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)