Irlandiyaning Kork shahridagi maktablardan birida kuzatuv kameralari tushuntirib bo‘lmaydigan hodisani tasvirga oldi. Bu haqda Mirror xabar bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.
Videoning boshlanishida yo‘lakning olis qismida auditoriyalardan birining eshigi ochiladi. Biroz vaqtdan so‘ng u yopiladi. Shundan so‘ng maktab shkafchasi tebrana boshlaydi. So‘ngra kadrlarda shkaf yacheykalaridan biri ochilib, undan o‘quv anjomlari pastga tusha boshlaydi. Rolik oxirida poldagi ogohlantiruvchi taxtacha bilan ham tushunib bo‘lmas holat yuz beradi.
Tegishli video o‘quv muassasasining Facebook’dagi rasmiy sahifasiga joylashtirilgan.
“Biror kishida arvoh ovchilarining raqami bormi”, — deyiladi videoyozuvga izohda.
Hodisa 1-oktabr kuni yuz bergan.
Izoh (0)