• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Las-Vegasda 59 kishini o‘ldirgan Stiven Peddok kim o‘zi? Uning qurbonlari-chi?

    Nevadalik pensioner Stiven Peddok 2-oktabr kuni Las-Vegasdagi kantri-festival mehmonlariga qarata o‘t ochdi. 59 kishi halok bo‘ldi; bu AQSh tarixidagi eng yirik ommaviy qotillikdir. O‘ziga to‘q va kantri musiqa ixlosmandi bo‘lgan Peddokning yonidan 23 ta qurol va ko‘p miqdorda patronlar topilgan. Hujum uchun javobgarlikni IShID terrorchilik tashkiloti o‘z zimmasiga oldi, biroq Federal tergov byurosi (FTB) Peddokning diniy aqidaparastlar bilan aloqadorligiga ishonmayapti. Meduza nashri Las-Vegasdagi 59 kishining qotili va uning qurbonlari haqidagi bor ma’lumotlarni bir sahifaga jamladi.

    Qotil

    Foto: Meduza

    Stiven Peddok 1953-yilda tug‘ilgan, ikki ukasi bor. Peddokning otasi Benjamin oila bilan birga yashamagan — 1961-yili bir necha bankni o‘margani uchun 20 yilga qamalgan, so‘ng qamoqdan qochib, Oregonda yashiringan. 1970-yillar oxirida u yana qo‘lga olingan. 1998-yili vafot etgan. Peddokning onasi o‘g‘illari hali bola vaqtida ularning otasi qamoqda o‘tirganini aytmay, “otang o‘lgan”, deb aytgan.

    Stiven kollejni tamomlab, 1980-yillarda Lockheed Martin kompaniyasida hisobchi bo‘lib ishlagan, so‘ng ko‘chmas mulk bilan shug‘ullanib, yaxshigina boylik orttirgan. The Washington Post’ning yozishicha, qarindoshlari uning boyligini ikki million dollarga baholagan. Peddok o‘z yashash joyini tez-tez o‘zgartirib turgan, 2016-yilda Nevadaga ko‘chib kelgan. U ko‘pincha asosan pensionerlar yashaydigan kichik shaharlardan ko‘chmas mulk sotib olib, so‘ng ularni pullagan.

    Peddok Nevadadagi uyida ko‘p ham bo‘lavermagan: qarindoshlari va tanishlarining so‘zlariga ko‘ra, u professional kazino o‘yinchisi edi va haftalab kazinolar huzuridagi mehmonxonalarda yashagan. Ukasi Erik Peddokning so‘zlariga ko‘ra, bir safar Stiven ketma-ket to‘rt oy shunday mehmonxonada yashagan. Aka-ukalarning o‘zaro munosabati yaxshi edi va ular vaqti-vaqti bilan ko‘rishib, otamlashib turgan: 2016-yili Erik akasining Nevadadagi Meskit shaharchasiga ko‘chib o‘tishiga yordam bergan. Ular so‘nggi bor 2017-yil sentabri boshida gaplashgan — o‘shanda Stiven onasining ahvoli haqida so‘ragan. 89 yoshli ayol Floridada, yaqinda to‘fondan zarar ko‘rgan hududda istiqomat qiladi; Stiven onasining ahvoli bilan qiziqib, unga sovg‘a yuborgan.

    Stiven Peddokning Meskit (Nevada) shaharchasidagi uyi.

    Stiven Peddokning Meskit (Nevada) shaharchasidagi uyi.
    2017-yil, 2-oktabr. Foto: Meduza

    Erik Peddokning so‘zlariga ko‘ra, Stiven yakka o‘zi yashagan, ikki marta oila qurganiga qaramay, uning farzandlari yo‘q edi. Azart o‘yinlarni professional darajada o‘ynagan, katta stavka bilan pul tikkan, hatto bir safar avtomobil yutib olgan. Erikning aytishicha, Stiven pulga amaliy jihatdan yondashardi, u qimmat bo‘lmagan liboslar kiyar va o‘z boyligini ko‘z-ko‘z qilmasdi. Na qarindoshlari, na tanishlari va qo‘nishlari Stivenni tajovuzkor odam deb ayta oladi; u hech qachon siyosiy qarashlarini oshkor qilmagan, o‘zini o‘ziga yarasha qiziqishlari bor inson sifatida xotirjam tutar, hech kimga xalal bermas va hech kimni bezovta qilmas edi. Biror bir qurolga qiziqishi borligini ham, har holda, oshkora bildirmagan.

    Stiven Peddok uchuvchilik qila olardi, muddati o‘tib ketgan bo‘lsa-da, uchuvchilik litsenziyasi bor edi; uning katta bo‘lmagan ikki samolyoti bo‘lgan. Hech qachon qonun bilan muammosi bo‘lmagan. Kantri musiqani sevar va Las-Vegasdagi o‘zi qatnashchilariga qarata o‘t ochgan festivallarga o‘xshash tadbirlarga tez-tez borib turardi.

    U so‘nggi vaqtlarda kelib chiqishi filippinlik Marilu Denli ismli ayol bilan uchrashib turgani ma’lum. Dastlab u ham qidiruvga berildi, so‘ng politsiya bu ayolning otishmaga hech qanday aloqasi yo‘qligini, so‘nggi bir haftani ham umuman AQShdan tashqarida o‘tkazganini aniqladi.

    Qurol

    Mandalay Bay otelining Peddok nomiga olingan 32-qavatidagi xonadan 23 dona qurol, xususan, “Kalashnikov” avtomati nusxasi, yarimavtomatik AR-15 miltig‘ining muqobili topildi (yana 19 ta qurol uning uyidan chiqdi). Ikkita qurol uchoyoqqa mustahkamlab qo‘yilgan edi. Qotillik joyidan olingan videoyozuvlarga asoslanib xulosa qilinsa, Peddok, katta ehtimol bilan, avtomatik quroldan otgan — har holda, uzilayotgan o‘qlarning yuqori tezligi shunday xulosa chiqarishga asos beradi.

    AQShda avtomatik qurol, ya’ni, barmoq hali tepkida turgan vaqtda o‘q otadigan qurol savdosi qonunchilik bilan qat’iy tartibga solinadi — uni shunchaki sotib olish imkonsiz. Aftidan, Peddokning qo‘lida asosan mergan tepkini qanchalik tez bossa, shunchalik tez o‘q otadigan yarimavtomatik qurollar bo‘lgan. Bunday vositalarning yarimavtomatik qurol ishlash mexanizmini avtomatik qurolniki yaqinlashtirib beruvchi qonuniy modifikatsiyalari bor — bunday modifikatsiyalar bilan soniyasiga besh-o‘ntadan o‘q uzish mumkin. Taxminlarga ko‘ra, Peddokda ham aynan shunday qurol bo‘lgan, biroq bu ma’lumot rasman tasdiqlanganicha yo‘q.

    Peddokning xonasidagi qurollarning ko‘pligini u stvollarning qizib ketishidan xavotir olgani bilan izohlash mumkin. U qaysi quroldan aynan qancha o‘q uzganini politsiya hozircha ma’lum qilmadi. Miltiqlardan tashqari uning yonida kamida bitta to‘pponcha ham bo‘lgan. U qurollarni noqonuniy yo‘l bilan sotib olgani borasida ma’lumotlar yo‘q, umuman olganda, bunga ehtiyoj ham tug‘ilmagan bo‘lsa kerak: qonun nuqtai nazaridan, u istalgan ruxsat etilgan qurolni sotib olishga haqli edi. Boz ustiga, Nevada qonunlari bunday qurollarni sotib olishga nisbatan qat’iy cheklovlar o‘rnatmagan.

    Dastlab Stiven Peddokni politsiya maxsus kuchlari otib tashlagani xabar qilingan edi, biroq keyinroq u o‘z joniga o‘zi qasd qilgani ma’lum bo‘ldi. Bu qanday sodir bo‘lgani noma’lum. Katta ehtimol bilan, maxsus xizmat qotil o‘tirgan xonani yong‘in signalizatsiyasi orqali tezda aniqlagan — signalizatsiya tizimi tinmay o‘q uzish vaqtida ajralib chiqqan qurol gazidan ishlab ketishi kerak edi, deb yozadi The Washington Post.

    Qurbonlar

    Stiven Peddok 59 kishini otib tashladi, bu AQSh tarixidagi eng yirik ommaviy qotillikdir. 527 kishi yaralangan. Otishma boshlangan vaqtda yakuniga yetay deb qolgan Route 91 Harvest festivaliga 22 mingga yaqin odam to‘plangan edi.

    Barcha qurbonlar borasida aniq axborot yo‘q, biroq amerikalik jurnalistlar ulardan ba’zilari haqidagi ma’lumotlarni to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.

    • 35 yoshli Adrian Myorfitt Alyaskadan Las-Vegasdagi kantri-festivalga do‘stlari bilan birga kelgan edi, u baliqchilik bilan shug‘ullanar va muvaffaqiyatli mavsumdan so‘ng hordiq chiqarishga qaror qilgandi (bu va keyingi qurbonlar haqidagi ma’lumotlar — The New York Times’dan).
    • 29 yoshli Sonni Melton Tennesida feldsher bo‘lib ishlardi, otishma boshlangan vaqtda u xotinini olib, qochgan; o‘q uning beliga tekkan. Meltonning ayoli (ular bir yilcha avval turmush qurgan edi) omon qolgan.
    • 53 yoshli Syuzan Smit, kaliforniyalik kantri ixlosmandi, mahalliy maktab xodimasi va ikki farzandning onasi edi. Smit Las-Vegasga do‘stlari bilan konsertda mehmon bo‘lish uchun kelgan edi.
    • Kanadalik mexanik Jordan Makildun, 23 yosh. U Las-Vegasga sevgan qizi bilan birga kelgan edi.
    • Nyu-meksikolik Liza Romero-Muniz to‘yining yubileyi munosabati bilan Las-Vegasda edi. Eri unga sevimli kantri-qo‘shiqchisi Jeyson Eldinning konsertiga chipta olib bergan edi — otishma aynan Eldin qo‘shiq aytayotgan vaqtda boshlangan. Romero-Muniz maktabda maslahatchi bo‘lib ishlar, uning uch farzandi bor edi.
    • Kanadalik Jessika Klimchuk Alberta provinsiyasida maktab kutubxonachisi bo‘lib ishlar va maktab avtobusini haydardi. 28 yoshli ayoldan to‘rt farzand qoldi.
    • Las-vegaslik 34 yoshli politsiyachi Charlston Xartfild konsert vaqti xizmatda emas, mehmon edi. U politsiyadagi faoliyati haqida memuar yozayotgan, amerikacha futbol bo‘yicha bolalar jamoasiga murabbiylik qilayotgan edi. Uning o‘limi haqida The Las Vegas Review Journal xabar berdi.
    Boshqa qurbonlarning shaxsi haqida hozircha aniq ma’lumotlar yo‘q.

    03.10.2017, 21:33   Izoh (0)   97407
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bugun Barselona ishlamaydi. Fotoreportaj

    03.10.2017, 20:14

    Britaniyada atom suv osti kemasi kapitani qo‘l ostidagi ishchi bilan ishqiy munosabati tufayli vazifasidan chetlatildi

    03.10.2017, 18:12

    Yaponiya iqtisodiyot vaziri 2030-yilga kelib AESlardan to‘liq voz kechish qiyinligini bildirdi

    03.10.2017, 17:32

    Maduro muxolifatning Venesuelada diversiya uyushtirish rejasi fosh etilganini ma’lum qildi

    03.10.2017, 17:05

    Ispaniya bosh vaziri Kataloniya referendumi masalasida Madridni qo‘llab-quvvatlagani uchun Yevroittifoq davlatlari yetakchilariga minnatdorlik bildirdi

    03.10.2017, 16:34

    Rossiya aviatsiyasi Frotda ikki sutka ichida IShIDning 304 jangarisini yo‘q qildi

    03.10.2017, 15:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.