Oktabr oyining birinchi haftasida Jizzax viloyatidagi “Forish” poligonida O‘zbekiston va Rossiya qurolli kuchlarining qo‘shma taktik mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
2-oktabr, dushanba kuni ertalabki soatlarda Toshkentdagi aerodromga rossiyalik harbiy xizmatchilar o‘tirgan bort kelib qo‘ndi.
O‘quvlar Shavkat Mirziyoyevning 4–5-aprel kuni Moskvaga uyushtirgan davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar doirasida o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston va Rossiya poligonlarida ikki marta qo‘shma aksilterror mashg‘ulotlari o‘tkazilgan edi.
Izoh (0)