O‘zbekistonda yangi yildan yagona o‘quvchi formasi joriy etiladi. Bu haqda Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov OAV xodimlari bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qildi, deya xabar beradi “Darakchi.uz”.
“Davlat rahbari ta’kidlaganidek, maktab formasining bir xilda bo‘lishi birinchi navbatda o‘quvchilar o‘rtasidagi tenglikni ta’minlaydi. O‘quvchi bilan talaba kiyimi ham bir-biridan farq qilishi kerak. Forma borasidagi taklifimizni ota-onalar yaxshi qabul qildi. Shu paytga qadar ham maktab o‘quvchilarining o‘z formalari bo‘lgan, biroq turli maktablarda turlicha edi”, — dedi Ulug‘bek Inoyatov.
Vazirga ko‘ra, hozirda dizaynerlar bu borada ish olib bormoqda. Yaqinda bu kiyimlar ota-onalar va pedagoglar muhokamasiga qo‘yiladi. Kelgusi yil yanvardan boshlab esa do‘konlarga tarqatiladi.
Izoh (0)