AQSh Iroq Kurdistonining Iroqdan mustaqil bo‘lib ajralib chiqish uchun o‘tkazgan referendumini qonuniy deb hisoblamaydi. Bu haqda davlat kotibi Reks Tillersonning bayonotiga asoslanib, “Interfaks” xabar berdi.
“AQSh Kurdiston mintaqaviy hukumati tomonidan bir tomonlama ravishda o‘tkazilgan referendumni tan olmaydi. Ovoz berish jarayoni va uning natijalari qonun nuqtai nazaridan tandiqlarga bardosh bermaydi va biz yagona, federal, demokratik va gullab-yashnayotgan Iroqni qo‘llab-quvvatlashni davom etamiz”, — deyiladi bayonotda.
Shuningdek, bayonotda ta’kidlanishicha, AQSh “bir tomonlama qadam”ning salbiy oqibatlaridan xavotirda.
“IShIDga qarshi kurash yakunlangani yo‘q, ektremistik guruhlar beqarorlik va kelishmovchilikdan foydalashga umid qiladi. Biz iroqlik sheriklarimizdan diqqat-e’tirobini IShIDga qarshi kurashga qaratishlarini so‘raymiz”, — deyiladi AQSh davlat kotibining bayonotida.
Iroq Kurdistonining mustaqillik uchun referendumi 25-sentabr kuni bo‘lib o‘tdi. Saylovchilarning 90 foizdan ortig‘i uning mustaqilligini yoqlab ovoz bergan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)