Turkiya neft eksportini faqatgina rasmiy Bag‘dod bilan muhokama qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiyga asoslanib Reuters ma’lum qildi, deb xabar berdi “Gazeta.ru”.
Al-Obodiyning ma’lum qilishicha, u Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirim bilan telefon orqali muzokara o‘tkazgan. Yildirim o‘zining mamlakati Iroq hukumatining Iroq Kurdistoni mustaqilligi uchun o‘tkazilgan referendumga bog‘liq talablarini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini aytgan.
Bosh vazir neft eksporti qay tarzda Iroq Kurdistonini aylanib o‘tgan holda amalga oshirilishi haqida batafsil ma’lumot bermadi.
Izoh (0)