Tehron Ar-Riyodning mintaqadagi o‘rnini hurmat qiladi va Saudiya Arabistoni bilan xavfsizlik masalalarida ishlashga tayyor. Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarif ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Saudiya Arabistonini mintaqadan ayro tasavvur etish xomxayol. Biz Saudiya Arabistoni mintaqada muhim o‘rin tutadi va buni hurmat qilish lozim, deb hisoblaymiz”, — dedi Javod Zarif.
O‘z navbatida, Zarif Ar-Riyodga Eronni mintaqada yakkalab qo‘yish haqida behuda bosh qotirib o‘tirmaslikni maslahat berdi.
“Mazkur mintaqa xavfsizligi uchun birgalikda ishlashimiz lozim. Bunga doimo tayyormiz”, — ta’kidladi Eron tashqi ishlar vaziri.
Izoh (0)