Vashington 2023-yil oxirigacha kimyoviy qurolini to‘liq yo‘q qiladi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
“AQSh kimyoviy qurolning e’lon qilingan zaxiralarini 2023-yil oxirigacha to‘liq yo‘q qilish rejasidan qaytgani yo‘q”, — deyiladi Davlat departamenti bayonotida.
Tashqi siyosiy mahkamaga ko‘ra, AQSh hukumati Pueblo (Kolorado shtati) va Richmonddagi (Kentukki shtati) omborlarda qolgan kimyoviy qurollarni yo‘q qilishga e’tiborini qaratgan.
Eslatib o‘tamiz, oxirgi kimyoviy qurol zaxiralarini yo‘q qilgan Rossiya AQShni bu boradagi majburiyatlarini bajarmaslikda aybladi.
Izoh (0)