Shimoliy koreyalik gimnast O Yun Xek Moskva Katta sirkidagi chiqishidan so‘ng olamdan o‘tdi. Bu haqda “Moskva” agentligi xabar bermoqda.
“O Yun Xek 16-sentabr kuni ‘Idol’ xalqaro festivalida ‘6 salto mortale’ tryukini ijro etayotganida umurtqa bo‘yin qismini jarohatladi. U birinchi gal Ginnes rekordlar kitobiga kirgan tryukni muammosiz ijro etgandi, biroq sifatsiz bajarilgan hisoblab, qaytarishga qaror qilgandi”, — deydi sirk matbuot kotibi Alyona Lebed.
Gimnastga sirkda o‘sha zahoti tez tibbiy yordam ko‘rsatildi va qisqa muddatda shahar kasalxonasining reanimatsiya bo‘limiga yetkazildi. Operatsiya o‘tkazildi, biroq jarohatlarning jiddiy asorati oqibatida O Yun Xek 20-sentabr kuni vafot etdi.
Izoh (0)