Dominikada kamida 15 kishi “Mariya” to‘foni qurboni bo‘ldi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Ruzvelt Skerrit ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.
To‘fon Dominikaga 19-sentabrda yopirildi. O‘shanda Skerrit Facebook’da qarorgohining tomi uchib ketgani, o‘zini esa qutqarishlariga to‘g‘ri kelgani haqida yozgandi.
Dominikadan so‘ng to‘fon Fransiyaning dengizorti hududi — Gvadelupa oroli, keyin esa Puerto-Rikoga yopirildi.
Gvadelupada bir kishi halok bo‘ldi, Puerto-Rikoda esa orol butkul elektr energiyasidan uzildi.
Izoh (0)