Buyuk Britaniya Harbiy-havo kuchlarining “Tayfun” samolyotlari Shimoliy dengiz ustida Rossiya Harbiy-kosmik kuchlarining samolyotlarini tutish uchun havoga ko‘tarildi. Hodisa 20-sentabr kuni ertalab yuz bergan. Bu haqda The Daily Mail gazetasi xabar bermoqda.
Harbiylarning so‘zlariga ko‘ra, radarlar Buyuk Britaniya havo bo‘shlig‘i yaqinida nishonlarni payqagach, qiruvchi samolyotlar Shotlandiyadagi Lossimut aviabazasidan havoga ko‘tarilgan. Biroq rossiyalik uchuvchilar yo‘nalishni o‘zgartirgan va tutish operatsiyasi amalga oshmay qolgan.
Izoh (0)