Qozog‘istonning Oqmola viloyatida Mi-2 vertolyoti qattiq qo‘nishdan keyin yonib ketdi, deb yozadi “RBK”.
Hodisa Oqko‘l tumanida mahalliy vaqt bilan 01:00 (Toshkent vaqti bilan 00:00)da yuz bergan. Versiyalardan biriga ko‘ra, o‘rmonni qo‘riqlash bo‘yicha ishlarni bajarayotgan vertolyot yerga to‘qnashib ketgan. Shundan so‘ng, Mi-2 yonib ketgan.
Voqea natijasida uch kishi jabrlandi. Ular kasalxonaga yetkazildi.
Vertolyot “Tyanshan” aviakompaniyasiga tegishli bo‘lgan. Ekipaj tirik ekanligi aytilmoqda.
Izoh (0)