Meksika tashqi ishlar vaziri Luis Videgaray 19-sentabr kuni yuz bergan 7,1 magnitudali zilzila qurbonlari soni 273 kishiga yetganini ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Ayni paytda qurbonlar soni 273 kishini tashkil qilmoqda, Mexiko shahrida va respublikaning markaziy qismidagi boshqa aholi punktlarida vayronagarchiliklar va yaradorlar ko‘p”, — dedi u.
Reuters agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2 mingdan ortiq kishi jabrlangan.
Izoh (0)