Shimoliy Koreya Tinch okeanida vodorod bombasi sinovini o‘tkazishi mumkin. Bu haqda KXDR tashqi ishlar vaziri Li Yon Xo ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru” “Ryonxap” agentligiga tayanib.
Vazirdan KXDR yetakchisi Kim Chen In AQSh prezidenti Donald Trampning gaplariga javoban “oliy darajadagi” harakatlar haqida aytgan so‘zlarini izohlashni so‘rashdi.
“Bu Tinch okeanidagi eng kuchli vodorod bombasi portlashi bo‘lishi mumkin. Biz qanday chora-tadbirlar ko‘rilishini bilmaymiz, chunki buyruqlarni Kim Chen In beradi”, — dedi vazir BMT Bosh Assambleyasining Nyu-Yorkdagi 72-sessiyasi doirasida.
Izoh (0)