Poytaxtdagi “Kitob olami” ma’naviy-ma’rifiy savdo majmuasida Oygul Muhammad Jiyan qizining “Mening Toj-Mahalim” badiiy-publitsistik asari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Muallif yoshlar o‘rtasida umuminsoniy qadriyatlar, asriy an’analar va haqiqiy sevgi-muhabbat tuyg‘ularini kamol toptirish orqali globallashuv sharoitida turli yot qarashlar, soxta madaniyatlar tajovuzi va axloqsizliklarga qarshi turish borasida mulohaza yuritadi.
Asarda mamlakatimizning barcha hududlarida, tumanlar markazlarida yoshlar sayr va ziyorat qiladigan sevimli go‘shalarda “Tohir va Zuhra”, “Alpomish va Barchinoy”, “Shohsanam va G‘arib”, “Otabek va Kumush”, “Mirzo Anvar va Ra’no” xiyobonlarini bunyod etish bo‘yicha taklif ilgari suriladi.
Izoh (0)