18—20-sentabr kunlarida AQSh safarida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytib keldi, deb xabar berdi “O‘zbekiston 24”.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev okean ortiga tashrifi davomida BMT Bosh kotibi, Bolgariya prezidenti, Gruziya Bosh vaziri, Jahon Banki prezidenti, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari, Xalqaro Valyuta fondi boshqaruvchi direktori bilan suhbatlashib, O‘zbekiston—Amerika biznes forumida ishtirok etdi.
Shuningdek, prezident Nyu-Yorkda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan uchrashdi. Mazkur uchrashuvlarda muhim ahamiyatga ega hujjatlar imzolandi.
Izoh (0)