O‘zbekiston Fermerlari kengashi O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi sifatida qayta tashkil etildi, deb xabar berdi O‘zA.
Kengashning raisi lavozimiga Bahodir Yusupov tayinlandi.
2012-yilning 22-oktabr kuni davlat rahbari “O‘zbekistonda fermerchilik faoliyatini tashkil etish va rivojlantirishni yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonni imzolagandi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Fermerlar kengashini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar fermeralari kengashlarini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilingandi.
Izoh (0)