Toshkent shahar Shayxontohur tumanida 18-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi akademik litsey 3-bosqich o‘quvchisi, 1999-yilda tug‘ilgan Pardayeva Yulduz Norsoat qizi bedarak yo‘qolgan. Bu haqda “Telegraf.uz” xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, qizning otasi tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Talabaning egnida oq kofta, qora yubka, oyog‘ida oq makasima, qo‘lida esa qora sumka bo‘lgan.
Qizning belgilari: bo‘yi 155—160 santimetr, o‘rta gavdali, sochi qora va uzun, ko‘zi qora, qoshi qora va siyrak.
Ushbu talaba haqida biror ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar Toshkent shahar IIBBga murojaat qilishi so‘raladi.
Izoh (0)