Rossiya mudofaa vazirligi Suriyaning Idlib viloyatida rossiyalik harbiy xizmatchilarni qurshovga olgan “Jabhat an-Nusra” jangarilariga aviazarbalar berilgani aks etgan videoni e’lon qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Videolavhada Rossiya avaiatsiyasi terrorchilar va ularning zirhli mashinalariga zarbalar berib, qutqarish otryadlarini qo‘llab-quvvatlayotganini ko‘rish mumkin.
29 nafar rossiyalik harbiy xizmatchi janglar bilan qurshovdan chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Ulardan 3 nafari yaralandi. Mazkur operatsiyaning barcha qatnashchilari davlat mukofotlariga taqdim etildi.
https://youtu.be/TpYM1fw8E0k
Izoh (0)