Janubiy Koreyadagi Korea Aerospace Industries (KAI) aviaqurilish kompaniyasi vitse-prezidenti Kim In Sik Kyonsan-Namdo provinsiyasidagi Sachxon shahrida joylashgan o‘z uyida o‘lik holda topildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Dastlabki sud-tibbiy ekspertizasi xulosalariga ko‘ra, tadbirkor o‘z joniga qasd qilgan.
KAI’ning xalqaro bo‘linmasini boshqaradigan vitse-prezidentning o‘limi kompaniyada olib borilayotgan yirik korrupsiyaga oid tekshiruvlar ortidan yuz berdi.
Kompaniyaning sobiq rahbari xodimlarni noqonuniy ravishda ishga olish va hisob-kitoblardagi noqonuniylik bo‘yicha hibsga olingan edi.
Izoh (0)