Rossiya va Belarus o‘tkazayotgan “G‘arb — 2017” harbiy mashg‘ulotlari qo‘rquv urug‘ini sochishga qaratilgan, dedi Litva prezidenti Dalya Gribauskayte. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda dunyoning e’tibori Shimoliy Koreya va boshqa mintaqalarga qaratilgan, “ammo tovlamachilik va tajovuzkorlikning xuddi shu usullari Ukrainada va NATOning sharqiy chegarasi bo‘ylab qo‘llanilmoqda”.
“Yuz mingga yaqin rossiyalik harbiy xizmatchilar Boltiq mamlakatlari va Polsha chegaralarida, hatto Arktikada ham hujumkor xususiyatga ega ‘G‘arb — 2017’ o‘quv mashqlarida qatnashmoqda”, — dedi Gribauskayte BMT Bosh Assambleyasi minbarida turib.
Litva prezidenti ta’kidlashicha, Rossiya bunday harbiy mashg‘ulotlarni o‘tkazish orqali, “o‘z armiyasini G‘arbga hujum qilishga o‘rgatib, qo‘shni davlatlarga qarshi tajovuzkor ssenariylarni repetitsiya qilmoqda”.
Izoh (0)