Rossiyaning Vladivostok shahrida 15 yoshli qizni poyezd urib yubordi, deb Rossiya IIVning Uzoq Sharq federal okrugi bo‘yicha transport boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
15 yoshli ikki nafar qiz dengizga chiqish uchun “Chayka” va “Vtoraya rechka” stansiyalari oralig‘ida temir yo‘lni kesib o‘tayotganda baxtsiz hodisa sodir bo‘ldi.
“Qizlarni ko‘rgan mashinist darhol tormozni bosib, to‘xtashga uringan. Qizlardan biri poyezdni ko‘rib chetroqqa qochishga ulgurgan, ikkinchisi esa o‘zini yo‘qotib qo‘ygan. To‘qnashuvning oldini olish imkoni bo‘lmagan”, — deyiladi xabarda.
Hodisa oqibatida qizcha o‘ng tos suyagi sinishi jarohatini olgan. U Vladivostok o‘lkasi shifoxonasiga olib ketilgan.
Hozirda hodisa yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)