Shifokorlar 18-sentabr, dushanba kuni Sklifosovskiy nomidagi ilmiy-tekshirish institutining neyrojarrohlik bo‘limiga joylashtirilgan aktyor Nikolay Karachensovning ahvolini o‘rtacha og‘irlikda deya baholamoqda. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Aktyorning ahvoli bugun tongdagi holatga ko‘ra o‘rtacha og‘irlikda, deb baholanmoqda”, — deyiladi xabarda.
Nikolay Karachensov 2005-yilda yuz bergan avtohalokatdan so‘ng aktyorlik faoliyatini to‘xtatgan edi. YTH oqibatida aktyor jiddiy bosh miya jarohatini olgan edi. Karachensov 26 kun koma holatida yotgan.
2007-yilning may oyiga kelib aktyor sahnaga qaytgan edi.
Izoh (0)