Meksika janubida kuchli – 7,4 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda AQSh Geologiya xizmati ma’lum qildi.
Reuters’ning hodisa guvohlariga asoslanib xabar berishicha, poytaxt Mexikoda ko‘plab odamlar qimirlashni boshlagan binolarni tashlab qochib chiqqan.
Shaharda xalqaro aeroport vaqtincha yopilgan. Mamlakat prezidenti Enrike Penya Nyeto Nyu-Yorkda davom etayotgan BMT Bosh assambleyasi yig‘ilishidagi ishtirokini to‘xtatib, zudlik bilan Meksikaga qaytgan.
Zilzila o‘chog‘i joylashgan Puebla shtati gubernatori Toni Galining ma’lum qilishicha, hududda bir necha binolar jiddiy zararlangan. Hududdagi barcha maktablar faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.
Izoh (0)