2018-yil Indoneziya poytaxti Jakartada bo‘lib o‘tadigan to‘rt yillikning qit’adagi eng yirik sport musobaqasi — Osiyo O‘yinlariga kurash sport turi ham qo‘shildi. Bu haqda Xalqaro kurash assotsiatsiyasi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Bugun — 20-sentabr kuni Turkmaniston poytaxti Ashxobod shaklida Osiyo olimpiya qo‘mitasi Bosh assambleyasining 36-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda kurash Osiyo O‘yinlari sport festivalidan rasman joy oldi.
Unga ko‘ra, sakkiz vazn toifasida kurashchilar Osiyo O‘yinlarida medallar uchun kurash olib boradi. Bunda ham erkaklar, ham ayollar kurashi nazarda tutilgan.
Xalqaro kurash assotsiatsiyasi bu qarori uchun Osiyo olimpiya qo‘mitasi va uning prezidenti Shayx Ahmad Al-Fahad As-Sabohga o‘z minnatdorchiligini bildirgan.
Izoh (0)