Internetda futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayanning Janubiy Koreyaga qarshi JCh—2018 saralash uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanini tashlab chiqishi aks etgan videoyozuvlar e’lon qilindi.
Samvel Babayan: “Meni kechiringlar”, deb o‘rnidan turganidan so‘ng, anjumanga yig‘ilgan jurnalistlar undan savollarga javob qaytarishni talab qilgan, so‘ng ortiga qaytmagan murabbiyni “Pozor!” (“Sharmanda!”) deya kuzatib qo‘ygan.
Samvel Babayandan nafaqat jurnalistlar, balki muxlislar ham norozi.
Izoh (0)