O‘zbekiston futbol federatsiyasi Samvel Babayan milliy terma jamoa bosh murabbiyligi vazifasidan ozod etilganini ma’lum qildi. Bayonot matni quyida hech qanday o‘zgarishlarsiz berilmoqda.
Samvel Babayan va uning shtabi jahon chempionatiga chiqish vazifasini uddalay olmadi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston milliy terma jamoasining murabbiylar shtabi butunlay tarqatib yuboriladi. Milliy terma jamoanning keyingi taqdiri haqidagi yangi ma’lumot navbatdagi bayonot orqali ommaga e’lon qilinadi.Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati yo‘lida oxirgi ikki uchrashuvda kerakli natijaga ega chiqa olmay, Rossiyada bo‘lib o‘tadigan mundialdan quruq qoldi.O‘zbekiston futbol federatsiyasi jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan Eron va Koreya terma jamoalarini tabriklaydi va ularga keyingi o‘yinlarda omad tilaydi.
O‘zbekiston futbol federatsiyasi jahon chempionati saralashi davomida to‘xtovsiz ravishda qo‘llab-quvvatlaganligi va milliy terma jamoaga doimiy ravishda dalda berib turganligi uchun milliy terma jamoaning muxlislariga cheksiz minnatdorchilik izhor qiladi.
O‘FF bayonoti
Izoh (0)