Ivanka Tramp otasiga katta ta’sir kuchiga ega ekanligi haqidagi ovozalarni rad etdi. Bu haqda u The Financial Times nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Ayrim odamlar mendan imkonsiz narsalarni kutgani bor gap. Aytaylik, birgaligimizning o‘zi otamga ta’sir o‘kazishi, u o‘zi suyanadigan qadriyatlar va kun tartibidan voz kechishi kabi. Hech qachon bunday bo‘lmaydi”, — ta’kidladi Ivanka Tramp.
Ivankaning turmush o‘rtog‘i va Oq uy maslahatchisi Jared Kushnerga ko‘ra, rafiqasi bor-yo‘g‘i uzoq vaqt birga ishlaganlari uchun otasini qo‘llab-quvvatlashga harakat qilmoqda, xolos.
Ivanka unga otasiga ta’siriga qarab emas, o‘zi shug‘ullanayotgan siyosiy faoliyat, jumladan, ish joylaridagi gender tengligi masalalariga qarab baho berishlarini istashini bildirdi.
Izoh (0)