“Bir bo‘l” fraksiyasidan Jokorgu Keneshi deputati Miktibek Abdildayev Qirg‘iziston konstitutsiyasida xato topdi. Bu haqda uning o‘zi 13-sentabr, chorshanba kuni parlament yig‘ilishida ma’lum qildi, deya xabar beradi K-News.
Deputatga ko‘ra, madhiyada “orkunday ber” so‘zlari o‘rniga “urkunday ber” deb yozilgan.
“Bu xato har bir naqoratda takrorlanadi. ‘Urkun’ nima degani ekanligini bilasizlarmi o‘zi? Agar konstitutsiyada shunday xatolarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, boshqa hujjatlar haqida nima deyish mumkin?” — taajjublandi Abdildayev.
Jogorku Kenesh spikeri Chinibay Tursunbekov deputatni ziyrakligi uchun maqtadi va bunday kamchiliklarga chindan ham e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.
Izoh (0)