Qozog‘iston poytaxtida Suriyadagi mojaroni bartaraf etish bo‘yicha muzokaralarning oltinchi raundi boshlandi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Muzokaralar sulh kafolati bo‘lgan davlatlar ishchi guruhlari uchrashuvidan boshlandi.
Uchrashuvlar yopiq tartibda o‘tkazilmoqda. Avval ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazilishi, keyinchalik ularga BMT vakillari qo‘shilishi rejalashtirilgan.
Oltinchi raund 3 kun davom etishi bildirilmoqda.
Izoh (0)