Poraxo‘rlikda gumon qilinayotgan Ukraina milliy politsiyasi qo‘riqlash politsiyasi departamenti boshlig‘i general Sergey Budnikning uyidan 16 ta tilla quyma topildi. Bu haqda sud materiallari dalolat bermoqda, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
Gumonlanuvchining uyidagi tintuvlar chog‘ida tilla quymalardan tashqari 44 ming dollar, 11,5 ming yevro va 5 ming grivna musodara qilindi.
Shuningdek, ish joyida — departamentda o‘tkazilgan tintuvda videoqayd tizimli bloki olib qo‘yildi.
Ukraina bosh prokuraturasi suddan musodara etilgan mol-mulkni xatlashni so‘radi va sud ushbu talabni qondirdi.
Izoh (0)