Shimoliy Koreya AQShni yangi sanksiyalar qabul qilingan taqdirda, Vashington “tegishlicha to‘lov to‘lashi” hamda KXDRga nisbatan sanksiya rejimini kuchaytirishda davom etsa, “o‘z tarixidagi eng kuchli og‘riq va azoblarga duchor bo‘lishi” haqida ogohlantirdi, deb yozadi Yahoo! News.
Koreya Markaziy telegraf agentligi tomonidan tarqatilgan, KXDR tashqi ishlar vazirligi xabarida aytilishicha, AQSh BMT Xavfsizlik kengashida o‘zining “noqonuniy rezolyutsiyasi”ni ilgari surishda davom etsa, “tegishli to‘lovni to‘lab qo‘yadi”.
AQSh 11-sentabr kuni BMT Xavfsizlik kengashida KXDR yadro sinovini o‘tkazgani uchun unga nisbatan sanksiyalarni avbatdagi marta kuchaytirish haqidagi rezolyutsiya loyihasini kiritmoqchi. Unda mamlakatga neft va neft mahsulotlari yetkazib berishni taqiqlash, shuningdek, Shimoliy Koreya yengil sanoat mahsulotlariga embargo qo‘yish taklif etilgan.
Izoh (0)