Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Myanmadagi mojaro tomonlarini muloqotga chaqirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Biz Myanmadagi mojarodan tashvish bildiramiz. Barcha tomonlarni zudlik bilan zo‘ravonlikni to‘xtatish va BMT doirasida muloqotga chaqiramiz”, — ta’kidladi Nazarboyev.
Qozog‘iston rahbari Ostonada bo‘lib o‘tayotgan Islom hamkorlik tashkilotining fan va texnologiyalar bo‘yicha birinchi sammitida shunday bayonot berdi.
Eslatib o‘tamiz, Rakxayn shtatida davom etayotgan nizolar sabab salkam 300 ming roxinja musulmonlari Myanmadan Bangladeshga qochib o‘tdi.
Izoh (0)