Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahridagi Emirates Tower binosida qisman sun’iy intellekt bilan boshqariladigan va bir joyda 14 ta xizmatni taqdim etishi mumkin bo‘lgan birinchi davlat markazi ochilgan edi, deb yozadi UAE Inside.
9-sentabr, shanba kuni Dubay amiri Shayx Muhammad bin Rashid Al Maktum ikki xodimning robot tizim ishtirokida o‘tkazilgan virtual to‘yida qatnashdi.
Tashkilot Service 1 deb ataladi, texnologiya esa IBM kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Interaktiv ekran yordamida IBM Watson elektron xodimi tashrifchilarga hujjatlarni tayyorlashga yordam beradi, xizmatlar haqida gapirib beradi va savollarga javob beradi.
Izoh (0)