KXDR yetakchisi Kim Chen In mamlakat yadroviy salohiyatini oshirishga qaratilgan ilmiy ishlanmalarni davom ettirishga chaqirdi. Bu haqda u vodorod zaryadi ishlab chiqishda ishtirok etgan olimlar uchun uyushtirilgan tantanali qabul chog‘ida ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Biz o‘zimizni mudofaa qilish uchun zarur bo‘lgan yadro salohiyatini kuchaytirish borasidagi ilmiy ishlanmalarimizni davom ettirishimiz zarur ”, — dedi Kim Chen In.
Shimoliy Koreya yetakchisiga ko‘ra, oltinchi yadro sinovi — koreys xalqining ulkan g‘alabasi va KXDR vodorod zaryadli qit’alararo ballistik raketaga ega yadro davlati ekanligidan dalolat beradi.
Izoh (0)