Meksikada 8,2 magnitudali zilzila qurbonlari soni 90 kishiga yetdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Oldinroq tabiiy ofat oqibatida 61 kishi halok bo‘lgani bildirilgandi.
Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, mamlakat janubidagi Oaxaka munitsipalitetida 71 kishi, Chyapas shtatida kamida 15 kishi, shimoliy Tabasko munitsipalitetida 4 kishi halok bo‘ldi.
Meksikada prezident Enrike Penya tomonidan e’lon qilingan 3 kunlik motam yakuniga yetmoqda.
Izoh (0)