Dubay amiri Muhammad bin Rashid al-Maqtum Gaitiga gumanitar yuk jo‘natishga ko‘rsatma berdi. Bu haqda UAE Inside xabar bermoqda.
“Irma” dovuli Janubiy Amerika tomon harakatlanayotgani haqidagi taxminlardan kelib chiqib BMT yo‘llagan so‘rovdan so‘ng shunday topshiriq berildi. Yaqin kunlarda dovul zarbasi Dominika, Puerto-Riko, Gaiti va Kubaga qaratilishi kutilmoqda.
Gumanitar yuk o‘z ichiga 90 tonna birinchi ehtiyoj vositalarini olgani va umumiy qiymati 712,5 ming dirhamga (194 ming dollar atrofida) teng ekanligi bildirilmoqda.
Izoh (0)