Rossiya Premyer-Ligasining 9-turiga kelib o‘zbekistonlik Vagiz Galiulin mavsumdagi ikkinchi golini urishga muvaffaq bo‘ldi.
U to‘p suradigan “Tosno” klubi o‘z maydonida Mahachqal’aning “Anji”sini qabul qildi va 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Galiulin hisobda ortda borayotgan jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Bunga qadar Vagiz 4-turda “Arsenal” darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lib, o‘sha gol “Tosno”ning mavsumdagi ilk muvaffaqiyati bo‘lgandi. O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Samvel Babayan Galiulinni yig‘inlarga jalb qilmagandi.
“Rostov” ham 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Bosh murabbiy Leonid Kuchuk aynan Samvel Babayan qistovi bilan transfer qilingan Eldor Shomurodovni maydonga tushirmaslikka qaror qildi.
Bugun — 10-sentabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasining yana ikki futbolchisi — Vitaliy Denisov va Vadim Afonin to‘p suradigan “Lokomotiv” hamda “Krasnodar” klublari o‘z uchrashuvlarini o‘tkazadi.
Rossiya Premyer-Ligasi 9-tur bellashuvlari 9-sentabr, shanba
“Tosno” — “Anji” 2:2
Gollar: Yevgeniy Markov, 5 (1:0). Aleksandr Prudnikov, 18 (1:1). Oleg Danchenko, 25 (1:2). Vagiz Galiulin, 63 (2:2).“Rostov” — “Arsenal” 2:2
Gollar: Artur Yusupov, 7 (1:0). Luka Jorjevich, 32 (1:1). Luka Jorjevich, 70 (1:2). Timofey Kalachev, 85-pen (2:2).10-sentabr, yakshanba“Ufa” — “Krasnodar”“Axmat” — “Lokomotiv”
Izoh (0)