AQSh rasmiylari Janubiy Koreya bilan erkin savdo kelishuvini to‘xtatmaslikka qaror qildi. Bu haqda Oq uydagi manbaga tayanib, Reuters ma’lum qildi, deya xabar beradi “MK.ru”.
The Washington Post oldinroq prezident Donald Tramp maslahatchilariga Qo‘shma Shtatlarning Janubiy Koreya bilan erkin savdo kelishuvidan chiqishi loyihasini tayyorlashni topshirganini bildirgandi.
Trampning yordamchilari — Pentagon rahbari Jeyms Mettis, milliy xavfsizlik bo‘yicha prezident yordamchisi Gerbert Makmaster va davlat rahbari huzuridagi Milliy iqtisodiy kengash rahbari Geri Kon kelishuvning bekor qilinishi Seul bilan savdo urushini keltirib chiqarishi mumkinligidan ogohlantirgandi.
Izoh (0)