4-sentabrning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. O‘zbekiston mobil aloqa operatorlari 5-sentabrdan tariflarni so‘mda belgilaydi. Narxlar oshmaydi. GM Uzbekistan va “O‘zbekiston havo yo‘llari”dan ham shunga o‘xshash xabarlar kutilmoqda (hozircha bori shu).
2. Abdusalom Azizov O‘zbekiston mudofaa vaziri etib tayinlandi. Uning o‘rniga Po‘lat Bobojonov ichki ishlar vaziri bo‘ldi. Po‘lat Bobojonovdan bo‘shagan Xorazm viloyati hokimi o‘rnini Ilgizar Sobirov egalladi.
3. O‘zbekiston Pxenyanni jahon hamjamiyatining fikrini tinglashga chaqirdi. KXDR 3-sentabr kuni navbatdagi yadroviy sinovni o‘tkazgan edi.
4. Inhada o‘qish narxi oshmaydi, MDIS’da esa kontraktlar berilishi to‘xtatildi. O‘zbekistondagi xorijiy OTMlarda o‘qish narxi endi qanday bo‘ladi?
5. YPX nazoratchilari “Million”ga qarshi: Davron Kabulov 5 yilda ilk bor guvohnomasini oldirdi, jamoaning boshqa a’zolari jarima maydonchalarining “doimiy mehmoni”.
Izoh (0)