“Suriya demokratik kuchlari” (SDF) qurolli koalitsiyasi Raqqaning eski shahrini IShID jangarilari qo‘lidan ozod etdi. Bu haqda AQSh prezidentining xalqaro terrorizmga qarshi kurashish koalitsiyasi vakili Brett Makgerk ma’lum qildi, deb xabar berdi “TASS”.
“SDF so‘nggi 48 soat ichida Raqqaning uzoq vaqt davomida IShID tasarrufida bo‘lgan eski shahrini ozod etish ishlarini yakunladi va minglab fuqarolarni evakuatsiya qildi”, — deb yozdi Makgerk o‘zining Twitter’dagi sahifasida.
Avvalroq AFP agentligi SDF’ning rasmiy vakili Talal Silloga asoslanib, AQSh ko‘magidagi kuchlar Raqqaning tarixiy markazini IShID jangarilaridan ozod qilgani, hozirda “Suriya demokratik kuchlari” IShIDning “bosh qo‘mondonlik punkti” yaqiniga joylashayotganini xabar qilgandi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)