Janubiy Koreya harbiylari KXDR tomonidan navbatdagi raketa uchirishlariga tayyorgarlik alomatlarini aniqladi. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligi bayonotida ma’lum qilindi, deya xabar beradi “TASS”.
“Biz avvalgidek ballistik raketalar uchirilishi davom ettirilishi alomatlarini ko‘rmoqdamiz. KXDR qit’alararo ballistik raketani sinovdan o‘tkazishi mumkin”, — deyiladi vazirlik bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, BMT Xavfsizlik kengashi bugun, 4- sentabr kuni Shimoliy Koreyaning navbatdagi yadro sinovi masalasida yig‘ilish o‘tkazadi. Yig‘ilish chaqirilishini, jumladan, Janubiy Koreyaning xalqaro tashkilotdagi vakili ham talab qildi.
Izoh (0)