Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Instagram’dagi sahifasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya chog‘ida Myanmada roxinja musulmonlarining ommaviy o‘ldirilishiga izoh berdi. Bu haqda “Gazeta.ru” ma’lum qildi.
“Agar Rossiya jinoyatlarni sodir etayotgan bu shaytonlarni qo‘llab-quvvatlasa, men Rossiyaning nuqtai nazariga qarshiman. Chunki bu masalada o‘zimning qarashim, yondashuvim bor”, — ta’kidladi Qodirov.
Shu bilan birga, Checheniston rahbari hech kim “qotillar va zo‘ravonlar”ni qo‘llab-quvvatlamasligiga ishonch bildi.
Oldinroq Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Myanmaning Moskvadagi elchixonasi oldidagi miting haqidagi xabarlar Kremlda tashvish uyg‘otishini bildirgandi.
Izoh (0)