Breakthrough Listen loyihasi doirasida ishlayotgan bir guruh olimlar Yerdan uch milliard yorug‘lik yili uzoqlikda bo‘lgan kichik galaktikadan kelayotgan 15 ta sirli radiosignalni qayd etdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ularning davomiyligi bir necha millisekunddan oshmadi. Signallarning kelib chiqish sababi hozircha noma’lum.
Olimlarga ko‘ra, signallar neytron yulduzlari impulslari yoki o‘zga sivilizatsiyalar koinot qurilmalari dvigateli shovqini bo‘lishi mumkin. Biroq ular o‘z galaktikasini Yerda hayot endi paydo bo‘layotganida tark etgani aniq.
Ma’lumot uchun, Yerdan tashqaridagi hayot alomatlarini qidirish bilan shug‘ullanadigan 100 million dollar qiymatidagi Breakthrough Listen loyihasi doirasidagi kuzatuvlar o‘tgan yil yanvarida boshlandi. Britaniyalik taniqli fizik olim Stiven Xoking qo‘llab-quvvatlagan loyihaga rossiyalik biznesmen Yuriy Milner homiylik qilmoqda.
Izoh (0)