Yaponiyaning “Mitibiki” aloqa sun’iy yo‘ldoshi 10-oktyabrda uchiriladi. Bu haqda H-2A raketalarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanayotgan Mitsubishi Heavy Industries kompaniyasi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Yaponiya aerokoinot tadqiqotlari agentligi (JAXA) hisob bo‘yicha to‘rtinchi “Mitibiki”ni orbitaga chiqarganidan so‘ng 2018-yilda sun’iy yo‘ldoshlardan AQShning GPS tizimiga qo‘shimcha sifatida foydalanishni boshlashga umid qilmoqda. Chunki ba’zan foydalanuvchilar borish qiyin bo‘lgan manzillarda aloqa signallari sifati muaamosiga duch kelmoqda.
2023-yilga kelib orbitada GPS tizimidan mustaqil ishlovchi 7 ta “Mitibiki” qurilmasi bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda.
Izoh (0)