Shimoliy Koreyaning BMTdagi doimiy vakili Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida AQSh va Janubiy Koreya hamkorlikda o‘tkazayotgan Ulchi Freedom Guardian mashg‘ulotlarini muhokama etishni talab qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“KXDR BMT Xavfsizlik kengashidan kun tartibining favqulodda bandi sifatida qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar masalasini ko‘rib chiqishni qat’iy so‘raydi. Agar so‘rov yana rad etilsa, bu kengash dunyoda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash uchun javobgarlikni zimmasidan soqit qilganini anglatadi”, — deyiladi Shimoliy Koreya tomoni bayonotida.
Shimoliy Koreya BMT Xavfsizlik kengashiga mazkur so‘rovni 25-avgust, juma kuni taqdim etgani bildirilmoqda.
Izoh (0)