KXDR Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje Inning Pxenyan qit’alararo ballistik raketaga yadroviy jangovar kallak o‘rnatsa, uning bu ishini “qizil chiziq”ning bosib o‘tilishi deb hisoblashi haqidagi gapini qoraladi, deb yozadi “TASS”.
“Hattoki uning amerikalik xo‘jayinlari bunga yuragi betlamayotgan bir paytda Janubiy Koreya yetakchisining ‘qizil chiziq’ haqida gapirishi uning o‘ziga juda bino qo‘yganidan darak beradi”, — deyiladi “Nodon sinmun” gazetasida.
Janubiy Koreya prezidenti bu gapi uchun nafaqat Pxenyan, balki Janubiy Koreya muxolifati tomonidan ham tanqidga uchradi. Ular prezidentning bunday bayonotlari Pxenyanga Seul Shimoliy Koreyaning qolgan gij-gijlashlariga chidashi haqida noto‘g‘ri signal yuborishini aytdi.
Izoh (0)